Tashqi qarzning bir qismi “tez yordam”ni rivojlantirishga ishlatiladi

Jamiyat

image

Tez tibbiy yordam xizmatini tashkil etish va raqamlashtirish uchun 85 milliard so‘m va Jahon bankidan jalb qilingan 5 million dollar yo‘naltiriladi. Bu masalaga bugun, 5 may kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev shoshilinch va tez tibbiy yordam sifatini yaxshilash hamda uni aholiga yanada yaqinlashtirish chora-tadbirlari yuzasidan bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida to‘xtalib o‘tdi.

Yig‘ilishda Mirziyoyev mamlakatda shoshilinch va tez tibbiy yordam sifatini yaxshilash bo‘yicha soha oldida turgan vazifalarni belgilab berdi. 

Prezidentga ko‘ra, joriy yil 1 iyuldan yagona vertikal boshqaruv asosida “103” Respublika tez tibbiy yordam markazi va uning viloyat filiallari tashkil etiladi. Bundan tashqari:

•  tumanlarda chaqiruvlarni qabul qilish dispetcherlik xizmati tugatilib, viloyatlarda yagona Koll-markaz tashkil etiladi;

•  tez tibbiy yordam ko‘rsatish bir tuman hududida emas, masofaga qarab butun viloyat bo‘yicha yo‘lga qo‘yiladi;

•  Call-markazda operatorlar bilan birga alohida tibbiyot-maslahat brigadasi faoliyat olib boradi.

Ya’ni, tez yordam brigadasi yetib borguniga qadar ularga bemorning ahvoli haqida xabardor qilib turish, oila a’zolariga og‘ir ahvoldagi bemorga birinchi yordam ko‘rsatish bo‘yicha telefon orqali maslahat berish bilan shug‘ullanadi. 

Tez yordam xizmatini tashkil etish va raqamlashtirish uchun 85 milliard so‘m va Jahon bankidan jalb qilingan 5 million dollar yo‘naltiriladi.

Shuningdek, viloyat koll-markazlari tizimiga tez tibbiy yordam xizmati mavjud xususiy klinikalar ham ulanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

43

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing