Tashqi ishlar vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi 

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq, Olimjon Suyunovich Abdullayev O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Olimjon Abdullayev ko‘p yillar davomida Tashqi ishlar vazirligi tizimida ishlagan. Hozirgi lavozimga tayinlangunga qadar 2021-2024 yillar davomida O‘zbekistonning Frankfurt-Mayn shahridagi (Germaniya) bosh konsuli lavozimida ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning iyul oyida “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi raisi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Ukrainadagi Favqulodda va muxtor elchisi (2006-2009 yillarda) lavozimlarida ishlagan Ilhom O‘tkurovich Haydarov O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari etib tayinlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Olimjon Abdullaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar