Tashqi ishlar vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Jamiyat
−
17 iyul 2024 8927 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq Ilhom O‘tkurovich Haydarov O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Ilhom Haydarov ushbu lavozimga tayinlangunga qadar “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi raisi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Ukrainadagi Favqulodda va muxtor elchisi (2006-2009 yillarda) lavozimlarida ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yil oxirida Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bahromjon Jo‘raboyevich A’loyev vazirning birinchi o‘rinbosari etib, Muzaffarbek Madrahimov va Rahmatulla Nurimbetovlar vazir o‘rinbosari etib tayinlangandi.
Live
BarchasiPutin To‘qayev bilan ham telefonlashdi
21 sentabr
Qashqadaryoda 2300 yillik ossuariy topildi
21 sentabr