Tashiyevga suiqasd qilishga urinishdi. Gumonlanuvchi qo‘lga olingan (video)

Olam

image

Qirg‘iziston xavfsizlik xizmati xodimlari Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi Qamchibek Tashiyevga suiqasd uyushtirishda gumonlanuvchi shaxsni qo‘lga oldi. Bu haqda qo‘mita xabar berdi. 

Unga ko‘ra, Qamchibek Tashiyevga suiqasd uyushtirishni boshqargan uyushgan jinoiy guruhning faol a’zosi “Bosterinskiy” laqabli, Ruslan ismli shaxs ekani gumon qilinmoqda.

Razvedka xizmati ma’lumotlariga ko‘ra,  “Bosterinskiy”ning jinoiy sherigi taniqli jinoiy avtoritet Qamchibek Ko‘lboyevning yaqin safdoshlaridan biri bo‘lgan va Issiqko‘l viloyatining Bo‘steri qishlog‘ida qorovullik qilgan. Bundan oldin esa ular talonchilik va qotillikka ayblanib sudlangan.

Qolaversa, To‘g‘ul tumanida uyushgan jinoiy guruh tarkibi va unda ishtirok etishda gumon qilingan shaxslar ham qo‘lga olingan.

Eslatib  o‘tamiz, oldinroq Qirg‘izistonda ommaviy tartibsizliklar uyushtirish va hokimiyatni zo‘ravonlik bilan egallashga aloqadorlikda gumonlangan yetti kishi qo‘lga olingandi. 

Jasmina Rasulova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Qirg'iziston Qamchibek Tashiev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing