Tashiyev Qirg‘iziston futbol ittifoqi rahbari bo‘ldi
Sport
−
20 fevral
3769Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari Qamchibek Tashiyev Qirg‘iziston futbol ittifoqi prezidenti etib saylandi. Bu haqda mamlakat futbol ittifoqi matbuot xizmati xabar berdi.
“Qirg‘iziston futbolini hozirgi holatida qabul qilaman. Menimcha, hal qilinishi kerak bo‘lgan uchta muammo bor. Birinchisi, futbol infratuzilmasini rivojlantirish. Bu asosiy maqsad bo‘lishi kerak. O‘sh, Jalolobod va Bishkekda sanoqli stadionlarimiz bor. Har bir shahar va har bir viloyatda yaqin oylarda futbol stadionlari bo‘lishi kerak. Har bir qishloqda futbol maydonchalari quriladi. Yaqin kelajakda Qirg‘iziston futbol mamlakatiga aylanadi”, deydi Tashiyev.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hal qilinishi kerak bo‘lgan qolgan ikkita asosiy vazifa barcha shaharlarda futbol akademiyalarini qurish orqali bolalar va o‘smirlar futbolini kuchaytirish, shuningdek, Qirg‘iziston klublariga kuchli futbolchilarni taklif etish orqali ichki chempionatni mustahkamlashdan iborat.
Shu bilan birga, federatsiyaning yangi rahbari boshqa sohalarda faoliyat yuritsa ham futbolni yaxshi ko‘rishini ta’kidladi.
Tashiyev uning qo‘l ostida terma jamoaga o‘yinchilarni tanlash tizimi o‘zgarishini aytdi.
Unga ko‘ra, milliy terma jamoaga Yevropada raqobatlashayotgan qirg‘izistonlik yoshlar jalb etiladi.
Shuningdek, Tashiyev “Barselona” tizimida o‘ynayotgan o‘g‘li terma jamoaga jalb qilinadimi, degan savolga javob berib, bu masalani terma jamoa murabbiyi hal qilishini aytib o‘tdi.
Qayd etish joiz, Tashiyev bu lavozimda Qirg‘iziston terma jamoasining Osiyo kubogidagi muvaffaqiyatsiz o‘yini ortidan iste’foga chiqarilgan Meder Sidiqov o‘rnini egalladi.
LiveBarchasi