Tashiyev Afg‘onistondan MDHga jiddiy xavf borligidan xavotirda

Olam

image

Afg‘onistonning shimoliy hududlarida terrorchilik guruhlari sonining ko‘payishi MDHga a’zo davlatlarning janubiy chegaralari xavfsizligiga real tahdid solmoqda. Bu haqda Bishkekda Hamdo‘stlikka a’zo mamlakatlar xavfsizlik idoralari rahbarlarining yig‘ilishida Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari Qamchibek Tashiyev ma’lum qildi. 

“MDH davlatlarining janubiy chegaralari yaxlitligiga tahdid solish darajasiga yetgan Afg‘oniston shimolidagi terrorchilarni jamlash jarayoni bizning maxsus xizmatlarimizdan alohida e’tibor talab qiladi”, deydi u. 

Tashiyevning so‘zlariga ko‘ra, terrorchi guruhlar joylashuvidan qat’i nazar, dunyoning deyarli barcha davlatlariga tahdid solmoqda.  

“22 mart kuni Moskva yaqinidagi “Krokus Siti Holl”dagi fojiali voqealar bugungi kunda terrorizm zamonamizning eng dolzarb muammosi bo‘lib qolayotgani va butun xalqaro xavfsizlik tizimi faoliyatiga tahdid bo‘lib qolayotgani hamda iqtisodiy, harbiy qudrati va geografik joylashuvidan qat’i nazar, har qanday davlatga real tahdid solayotganini ko‘rsatdi”, deydi u. 

Uning qayd etishicha, ayni paytda xalqaro terrorchilik tashkilotlari va ularning ortida turgan homiylar dunyoning ayrim mintaqalarida yuzaga kelgan keskin ijtimoiy-siyosiy vaziyatdan o‘zining strategik muammolarini hal etishda foydalanishga intilmoqda.

Tashiyev Falastin-Isroil mojarosining kuchayishi dunyoning barcha mamlakatlarida, ayniqsa, musulmonlar ko‘p bo‘lgan, shu jumladan MDHga a’zo davlatlarda etnik-diniy vaziyatga salbiy ta’sir ko‘rsatgani, millatlararo va dinlararo xarakterdagi boshqa nizolarning kuchayish xavfini yuzaga keltirganini aytdi.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston Qamchibek Tashiev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made