O‘zbekiston Prezidenti Mirziyoyev – mening do‘stim, mamlakatingizda ishlar zo‘r ketyapti – Donald Tramp
Olam
−
19 fevral 10042 1 daqiqa
Bugun, 19 fevral kuni “Tinchlik kengashi”ning birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu tadbir Oq uy tarafidan to‘g‘ridan to‘g‘ri yoritilmoqda.
AQSH Tinchlik institutida bo‘lib o‘tayotgan sammit uchun Vashingtonga kamida 40 ta davlat vakillari, jumladan, davlat rahbarlari tashrif buyurgan. Mezbon taraf bo‘lgan AQSH Prezidenti Donald Tramp barcha qo‘noqlarni birma bir tanishtirib kelmoqda.
Navbat O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga kelganda, Donald Tramp O‘zbekiston rahbarini do‘sti deb hisoblashini bildirdi.
“O‘zbekiston Prezidenti Mirziyoyev, mening do‘stim. Sizning mamlakatingiz ajoyib tarzda rivojlanmoqda. Siz ajoyib ishlayapsiz. Va muammo yo‘q”, degan Tramp.
Shuningdek, Tramp O‘zbekiston, Qozog‘iston, Ozarbayjon, BAA, Marokash, Bahrayn, Qatar, Saudiya Arabistoni va Quvayt yordam paketiga 7 milliard dollardan ortiq mablag‘ ajratganini ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, kecha 18 fevral kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi hamrohligida amaliy tashrif bilan AQSHga yetib borgan edi.
Live
Barchasi