Tarixda ilk bor O‘zbekiston eshkak eshishda jahon chempioni bo‘ldi

Sport

image

Kecha, 27 avgust kuni Niderlandiyaning Amsterdam shahrida akademik eshkak eshish bo‘yicha jahon chempionatining yengil vaznli erkaklar o‘rtasidagi juftliklar bahsida (LM2x) O‘zbekiston terma jamoasi vakillari Shahzod Nurmatov va Sobirjon Safaroliyev oltin medalni qo‘lga kiritdi. 

O‘zbekistonlik eshkak eshuvchilar finalda 6:21,93 natija qayd etib, birinchi o‘rinni egalladi. Kumush medal Germaniya, bronza medal esa AQSH vakillariga nasib etdi. 

Bu natija O‘zbekiston akademik eshkak eshish sporti tarixida kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatlarida qo‘lga kiritilgan dastlabki oltin medal sifatida qayd etildi.

Ma’lumot uchun, 2026 yilgi akademik eshkak eshish bo‘yicha jahon chempionati joriy yilning 24-30 avgust kunlari Amsterdamdagi Bosbaan kanalida o‘tkazilmoqda. 


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing