Ilk bor O‘zbekiston baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha Jahon chempionatiga mezbonlik qiladi
Sport
−
15 fevral
4277O‘zbekistonda ilk bor baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha Jahon chempionati o‘tkaziladi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi (MOQ) matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 23-25 avgust kunlari Samarqandda mazkur sport turi bo‘yicha jahon chempionati o‘tkaziladi. Bahslar Markaziy Osiyoda yagona eshkak eshish kanalida bo‘lib o‘tadi. Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlaridan keyin tashkil etiladigan musobaqada atletlar noolimpiya masofalarida bellashadi.
“Uch yildirki yurtimiz eng ommaviy sport turlari bo‘yicha jahon chempionatlarini qabul qilib kelmoqda. Bu yil ham ushbu an’ana davom etib, zaminimiz baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi dunyo birinchiligiga mezbonlik qiladi”, deyiladi manba xabarida.