“Tarakanlar partiyasi” asoschisi qo‘lga olindi

Olam

−

image

Hindiston hukumati “Tarakanlar partiyasi” (“Cockroach Janta Party”) norozilik siyosiy harakati asoschisi Abhijit Dipkeni qo‘lga oldi. Bu haqda bugun, 10 oktyabr kuni partiyaning X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida xabar berildi. 

Partiya sahifasida samolyot ichida harakat a’zolarining qo‘lga olinishi tasvirlangan video e’lon qilgan. Xabarga ko‘ra, harakat vakili Ashutosh Ranka ham qo‘lga olingan.

“Abhijit Dipke va Saurav Ranka samolyotda qo‘lga olindi”, deyiladi partiya xabarida.

“Tarakanlar partiyasi” hodisaning boshqa tafsilotlarini keltirmagan. Oradan biroz vaqt o‘tib ANI nashri X ijtimoiy tarmog‘ida Dipke Dehlidagi Indira Gandi nomidagi xalqaro aeroportda samolyot ichida ushlanganini yozgan.

Ma’lumot uchun, “Tarakanlar partiyasi” – 2026 yilning may oyida yo‘lga qo‘yilgan hajviy siyosiy harakatdir. Partiya Hindiston Oliy sudi raisi Surya Kantning ishsiz yoshlarni tarakanlarga qiyoslagan bayonotiga javob reaksiyasi sifatida tashkil etilgan. Harakat ijtimoiy tarmoqlarda tezda millionlab obunachilarni hamda muxolif siyosatchilar va faollarning qo‘llab-quvvatlovini to‘plagan. Uning asoschisi Abhijit Dipke ta’lim sohasida islohotlar o‘tkazilishiga erishish maqsadida Dehlida o‘tkaziladigan norozilik namoyishlariga boshchilik qilish uchun iyun oyida AQSHdan qaytib kelgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning iyun oyida Hindiston poytaxti Nyu-Dehli markazida “Tarakanlar partiyasi” harakatining yuzlab tarafdorlari ilk yirik namoyishga chiqqani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing