Taraqqiyot strategiyasi va Davlat dasturi ijrosi bo‘yicha Respublika komissiyasi tuziladi

Jamiyat

image
Koronavirusdan emas, yo‘llardagi avariyalardan odamlar ko‘p o‘lib ketyapti – Shavkat Mirziyoyev north_east

Koronavirusdan emas, yo‘llardagi avariyalardan odamlar ko‘p o‘lib ketyapti – Shavkat Mirziyoyev

Bugun, 26 yanvar kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev videoselektor chog‘ida Taraqqiyot strategiyasini 2022 yilda amalga oshirish bo‘yicha Davlat dasturi ijrosini tashkil etish bo‘yicha qator topshiriqlar berdi. Taraqqiyot strategiyasi va Davlat dasturini amalga oshirish bo‘yicha Respublika komissiyasini tuzish shular jumlasidan.

“Bir narsani aniq tushunish lozim. Dasturda ko‘zda tutilgan barcha chora-tadbirlar xalqimiz tomonidan katta ishonch bilan qizg‘in qabul qilindi. 

Ularning amaldagi ijrosini aholimizning barcha qatlamlari –  o‘rta sinf vakillari va tadbirkorlar, ziyolilar, byudjet sohasi xodimlari, harbiy xizmatchilar, faxriylarimiz, kam ta’minlangan oilalar, nogironligi bor fuqarolar – barcha-barchasi o‘z kundalik hayotida sezishlari kerak”, degan davlat rahbari.

Jumladan, Qoraqalpog‘iston va Xorazmda 1-4-sinf o‘quvchilarini bepul nonushta yoki tushlik bilan ta’minlash, respublikadagi ichki yo‘llar masalasi, irrigatsiya-melioratsiya tadbirlariga doir vazifalar ko‘rsatib o‘tilgan.

Yig‘ilishda Taraqqiyot strategiyasi va Davlat dasturini amalga oshirish bo‘yicha Respublika komissiyasi tuzilishi qayd etildi.

Respublika komissiyasi dasturdagi tadbirlar to‘liq, o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini tashkil etish va nazorat qilish bo‘yicha har oyda vazirlik, idora va hudud rahbarlarining hisobotini eshitib, ularning faoliyatiga tanqidiy baho berib boradi, har chorakda amalga oshirilgan ishlar natijasi, bu borada rahbarlarning javobgarligi bo‘yicha Prezidentga axborot berib boradi.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi kotibiyat va departamentlari rahbarlari boshchiligida 7 ta yo‘nalishda doimiy ishlovchi shtablar tuzilib, vazirlik, idora va hududlar bilan topshiriqlarning kunlik ijrosini tashkillashtiradi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

82

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing