Tanzila Norboyeva Binali Yildirim bilan uchrashdi
Jamiyat
−
24 mart 2022 4629 1 daqiqa
Kecha, 23 mart kuni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga tashrif buyurgan Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) Oqsoqollar kengashi raisi Binali Yildirim boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi. Bu haqda Senat Matbuot xizmati xabar berdi.
Senat Raisi mehmonlarni qutlar ekan, TDT va Turkiyaning nufuzli delegatsiyasining mazkur tadbirda ishtirok etishi O‘zbekiston bilan ko‘p qirrali munosabatlarni yanada izchil rivojlantirishga va hamkorlikni chuqurlashtirishga xizmat qilishiga ishonch bildirdi.

Binali Yildirim Prezident Shavkat Mirziyoyevning konstruktiv siyosat yuritishi O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli munosabatlarni yanada rivojlantirishning asosi ekanini ta’kidladi.
Uchrashuvda Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada mustahkamlash, shu jumladan savdo va transport sohalarini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

Suhbat chog‘ida Turkiy davlatlar tashkiloti oldida turgan vazifalarini amalga oshirishda parlament a’zolarining rolini kuchaytirish muhimligiga ham e’tibor qaratildi.

Live
Barchasi