Tanishini 100 million so‘mdan ortiq mablag‘ga tushirgan firibgar ushlandi

Jamiyat

image

Joriy yilning 2 dekabr kuni Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida yashovchi 1987 yilda tug‘ilgan I.I. Bog‘dod tumani IIBga ariza bilan murojaat qildi.

Unda keltirilishicha, shu yil may oyida tanishi, Bog‘dod tumanida yashovchi 1987 yilda tug‘ilgan M.X. unga supurgi mahsulotlarini tayyorlab berishni va’da qilgan. Shu maqsadda 104 000 000 so‘m pullarini olgan. Ularni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan. Shundan so‘ng M.X. ushlangan.

“Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda”, - deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

firibgarlik jinoyat

Baholaganlar

40

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing