Biz ishlab chiqarayotgan avtomobillarning sifati Lada’nikidan yaxshiroq – UzAuto Motors rahbari
Jamiyat
−
06 iyul 2019
10121Asakada joylashgan UzAuto Motors’ga uyushtirilgan media-tur davomida tashkillashtirilgan Matbuot anjumanida UzAuto Motors zavodi bosh direktori vazifasini bajaruvchi Rustam Rajabov zavodda ishlab chiqarilayotgan avtomobillar va Lada avtomobillari sifati darajasi haqida fikr bildirib o‘tdi.
“Men UzAuto Motors tomonidan ishlab chiqarilayotgan avtomobillarning sifati Lada avtomobillarinikidan yaxshiroq deb hisoblayman. Sababi biz ishlab chiqargan ilk avtomobillar hali ham odamlarga juda yaxshi holatda xizmat qilmoqda. Masalan, mening do‘stim 1996 yilda Nexia xarid qilgan edi. Mashina hali ham yaxshi holatda turibdi.
Bizning avtomobillarga talab ortsa ortayaptiki, aslo pasaygani yo‘q. Odamlar hozirda UzAuto Motors va Lada o‘rtasidagi raqobat haqida gapirmoqdalar. Bizning avtomobillar istalgan yo‘nalishda Lada bilan raqobatga kirisha oladi. UzAuto Motors avtomobillari allaqachon o‘zbeklarning milliy iftixoriga aylanib ulgurdi. Va biz ham bunga munosib bo‘lib qolish uchun tinmay ishlamoqdamiz, izlanmoqdamiz”, deb aytib o‘tdi Rustam Rajabov.
Ma’lumot uchun, avvalroq endi O‘zbekiston fuqarolari istalgan paytda Asakada joylashgan UzAuto Motors zavodida avtomobil yig‘ish jarayonini kuzata olashi mumkinligi haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi