Taniqli yozuvchi Isajon Sulton vazir maslahatchisi etib tayinlandi

Jamiyat

image

Isajon Sultonov (Isajon Sulton) O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirining Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi.

Sultonov Isajon Abduraimovich 1967 yili Farg‘ona viloyati Rishton tumanida tug‘ilgan.

“Boqiy darbadar”, “Ozod”, “Genetik”, “Bilga Xoqon” romanlari, “Munojot”, “Onaizorim”, “Robiya Balxiy” kabi qissalar va turli mavzudagi hikoyalar muallifi. Asarlari ingliz, turk, nemis, rus tillariga tarjima qilingan. “Boqiy darbadar” romani “The Eternal Wanderer” nomi bilan AQSHda, “Bog‘i Eram” hikoyalar to‘plami Turkiyada nashr qilingan. Asarlari “Vatan uchun yashaylik“ (O‘zbekiston), “Lexicon” (AQSH), “Guncel Sanat” (Turkiya) va “Open Eurasia” (Angliya) xalqaro tanlovlari g‘olibi deb topilgan.

Isajon Sultonov Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamalar komissiyasi a’zosi hamdir.


Maqola muallifi

Teglar

Isajon Sultonov

Baholaganlar

102

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing