Taniqli o‘zbekistonlik futbolchi “butsasini mixga ildi”

Sport

image

O‘zbekiston milliy terma jamoasining sobiq hujumchisi Marat Bikmayev 37 yoshda futbolchilik faoliyatini yakunladi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Bikmayev O‘zbekiston MTJ libosida ilk bor 2004 yil 31 mart kuni Xitoy Taypeyiga qarshi bahsda maydonga tushgan. U milliy jamoa safida 58 ta uchrashuvda 9 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol qilgan. 

Bikmayev turli yillarda “Paxtakor”, “Lokomotiv”, “So‘g‘diyona”, “Dinamo”, “Krilya Sovetov”, “Alaniya” va “Aktobe” klublari sharafini himoya qilgan. O‘zbekiston chempionati 2017 yilgi mavsumining eng yaxshi to‘purari, shuningdek, yilning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan. 

“Marat Bikmayevning kelgusi faoliyatida muvaffaqiyat tilaymiz!”, deyiladi manba xabarida.


Maqola muallifi

Teglar

Paxtakor Dinamo Marat Bikmaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing