Taniqli xonanda hokimga maslahatchi bo‘ldi
Olam
−
04 Sentyabr 2019 11735 1 daqiqa
Taniqli qozoq xonandasi Meyrambek Besbayev Olmaota shahar hokimi Baqitjan Sagintayevning mustaqil maslahatchisi etib tayinlandi. Bu haqda shahar hokimi o‘zining Instagam`dagi sahifasida ma’lum qildi.
Hokim uning yangi maslahatchisi madaniy masalalar bilan shug‘ullanishini ta’kidladi.
Meyrambek Besbayev 1976 yilda tug‘ilgan. Bolaligida u "Boztorgay" qo‘shig‘ini ijrochisi sifatida tanilgan. 2000-yillarning boshlarida qo‘shiqchi Saken Maygaziyev va Maksat Bazarbayev bilan birgalikda "MuzART" triosini yaratganida katta shuhrat qozondi. 2017 yil noyabr oyida Besbayev ijodiy faoliyatining 30 yilligini nishonladi.
Live
Barchasi
O‘zbekiston shakar importini chekladi
27 Oktyabr