Tana harakatlari tilga kirganda: Putin va Baydenning o‘zini tutishi nima haqida so‘zlaydi?

Olam 30199
image

Xabaringiz bor, bugun, 16 iyun kuni Shveysariyaning Jeneva shahrida Rossiya-AQSH sammiti bo‘lib o‘tdi. Davlat rahbarlari Vladimir Putin va Jo Bayden hashamatli La Granj qasrida yopiq eshiklar ortida uch soatdan ortiq muzokara olib bordi.

Ushbu maxfiy suhbatlar boshlangunga qadar, Bayden va Putin jahon OAVning ob’ektiviga tushib ulgurdi. Quyida ikki Prezidentning xatti-harakatlari, o‘zini tutishi va kiyinishidan suhbatdoshiga bergan signallarini o‘qishga harakat qilamiz. 

Zamonaviy odob-axloq qoidalari va ishbilarmonlik protokoli bo‘yicha bir qator mutaxassislarning fikriga ko‘ra, ushbu suratda aks etganidek Putin va Baydenning bu tarzda qo‘l siqishi muloqotga tayyorligini namoyish etmoqda.

Yana shuni qo‘shimcha qilish kerakki, Bayden qo‘l berib ko‘rishganidan so‘ng, qasr ichidagi yo‘lakka ishora qilgan. Bu esa AQSH Prezidenti muzokaralarni boshlash istagida ekanidan dalolat.

Rossiya Prezidentining o‘tirishi o‘ziga bo‘lgan ishonchni aks ettiradi. AQSH Prezidenti esa, aksincha, o‘zini unchalik ham qulay his qilmayotganga o‘xshaydi.

Hatto aksessuarlar ham ma’no kasb etadi. Suratda ko‘rinib turganidek, Putin tanlagan klassik binafsha rangdagi bo‘yinbog‘ qat’iyatdan dalolat. AQSH Prezidenti tanlagan yorqin rangdagi bo‘yinbog‘ esa, ehtimol suhbatdoshni o‘ziga jalb qilish istagini bildiradi.

Yana bir nozik holatni qayd etish kerakki, Putin-Bayden sammitida ikki davlat rahbarlarining kursilari orasidagi gullar 2018 yilda Putin-Tramp sammitidagi gullarga o‘xshaydi.

Jeneva sammiti uchun yasalgan gullarda ham o‘ziga xos ma’no bor. Yashil va oq rangdagi guldastalar neytrallik va bosiqlikni o‘zida aks ettiradi.

Farruxjon Murodqulov
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 1213
Reyting: 3
t
×