NKMK va OKMKda 30 ta yangi quvvat ishga tushiriladi
Jamiyat
−
15 avgust 2019 4585 1 daqiqa
Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2019 yilning birinchi yarmida amalga oshirilgan ishlarni muhokama qilish hamda 9 oy va yil yakuni bo‘yicha belgilangan prognoz parametrlariga erishishni ta’minlaydigan ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazilgani haqida xabar bergan edik.
Yig‘ilishda sanoatning iqtisodiyotdagi o‘rnini oshirish masalasiga ham to‘xtalib o‘tildi.
“Oxirgi bir yilda yalpi ichki mahsulot tarkibida sanoat ulushi 26 foizdan 30 foizga yetgan bo‘lsa-da, bu biz boshlagan islohotlar ko‘lamiga nisbatan hali yetarli emas”, dedi Shavkat Mirziyoyev.
Joriy yil oxiriga qadar Navoiy kon-metallurgiya kombinatida 25 ta, “O‘zeltexsanoat”da 18 ta, “O‘zavtosanoat”da 7 ta, Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida 5 ta investitsiya loyihasi bo‘yicha yangi quvvatlar ishga tushirilishini jadallashtirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Qariyb 100 xil turdagi kundalik iste’mol tovarlarini sanoat kooperatsiyasi orqali ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, korxonalar bilan manzilli ishlab, ularning quvvatini oshirishga ko‘maklashish zarurligi ta’kidlandi.
Live
Barchasi“Samarqand darvoza”da Tahoe yonib ketdi
19 dekabr