Talabaning yo‘nalishini o‘zgartirishga 3000 dollar so‘ragan boshqarma boshlig‘i ushlandi
Jamiyat
−
04 iyun 2019
3201Farg‘onada institut talabasini bir yo‘nalishdan boshqasiga o‘tkazib qo‘yish uchun 3000 AQSH dollari so‘ragan o‘quv uslubiy boshqarma boshlig‘i qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura Matubot xizmati xabar berdi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Farg‘ona viloyat boshqarmasi va viloyat IIB xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda Farg‘ona politexnika instituti o‘quv uslubiy boshqarma boshlig‘i M.A. fuqaro N.K.ning mazkur institutning 1-kursida “Qurilish” yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan kelinining o‘qishini vazirlikda ishlovchi tanishlari orqali “Iqtisodiyot” yo‘nalishiga ko‘chirib berish evaziga 3 000 AQSH dollari talab qilib, shundan, 1 500 AQSH dollarini olayotgan vaqtida ashyoviy dalilar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan M.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
LiveBarchasi