Talabalarni ijaraga qo‘yganlar daromad solig‘idan ozod qilinishi mumkin

Jamiyat

image

Talabalarni o‘z uylariga ijaraga joylashtiruvchi shaxslarning ijara to‘lovlaridan olgan daromadlari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan ozod etilishi mumkin. Bu haqda muhokamaga qo‘yilgan “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasida taklif qilinmoqda.

Taklif etilayotgan Qonun loyihasini qabul qilinishi natijasida:

  • 18 yoshdan 23 yoshgacha bo‘lgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar mulkida bo‘lgan mol-mulk soliq solishdan ozod qilinadi;
  • yer qa’ridan foydalanuvchilar haqiqatda qazib olingan foydali qazilmalar hajmi to‘g‘risida soliq bazasini yashirmasdan hisobot topshirishishga zamin yaratadi;
  • tadbirkorlik sub’ektlariga faqatgina soliq organini xabardor qilish orqali qo‘shilgan qiymat solig‘ining manfiy summasini qaytarib olish imkoniyati yaratiladi;
  • talabalarni o‘z uylariga ijaraga joylashtiruvchi shaxslarning ijara to‘lovlaridan olgan daromadlari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan ozod etiladi;
  • respublika tumanlarida (Toshkent shahri bundan mustasno) faoliyat yurituvchi yakka tartibdagi tadbirkorlik sub’ektlari uchun belgilangan ijtimoiy soliq stavkasi bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida tatbiq etiladi.

Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

36

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing