Talabalar uchun yana bir stipendiya ta’sis etiladi
Jamiyat
−
26 yanvar 2023
6285O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining jahon tarixida o‘chmas iz qoldirgan betakror siymolardan biri Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, 2023-2024 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun tarix va geografiya yo‘nalishlarida Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi davlat stipendiyasi ta’sis etiladi.
Vazirlar Mahkamasi uch oy muddatda mazkur davlat stipendiyasini tayinlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlashi belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda ilm-fan sohasida muvaffaqiyatga erishgan mashhur o‘zbek ayollari nomi bilan ataluvchi 16 ta stipendiya ta’sis etilgan edi. Ular orasida Halima Xudoyberdiyeva, Mukarrama Turg‘unboyeva, Munojat Yo‘lchiyeva kabi mashhur san’at namoyandalarini ko‘rish mumkin.
Ozoda Choriyeva
LiveBarchasi