Talaba yigit yotoqxonaning 6-qavatidan o‘zini tashladi (video)
Olam
−
10:30 7399 1 daqiqa
Kecha, 26 mart kuni Turkiyaning Mug‘la viloyatida talaba yotoqxonaning 6-qavatidan o‘zini tashladi. Bu haqda IHA xabar berdi.
Qayd etilishicha, hodisa Menteshe tumanidagi Turgutrais talabalar yotoqxonasida sodir bo‘lgan. Atrofdagilar va yotoqxona ma’muriyati chaqiruvidan so‘ng voqea joyiga zudlik bilan politsiya, FVV va tez tibbiy yordam xizmati yetib kelgan.
Mutaxassislar bir tomondan yigitni ko‘ndirishga harakat qilgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan ehtimoliy sakrash holatiga qarshi tayyorgarlik ko‘rgan. Yong‘in xizmati xodimlari yotoqxona hovlisiga tezda maxsus shishiriladigan havo yostiqchasini joylashtirib, xavfsizlik choralarini ko‘rgan.
Barcha urinishlarga qaramay, yigit o‘zini pastga tashlagan. Biroq havo yostiqchasi ustiga tushgan yigitning hayoti saqlab qolingan. Voqea joyida tibbiyot xodimlari darhol birinchi yordam ko‘rsatgan va tez yordam mashinasida Mug‘la ta’lim va tadqiqot shifoxonasiga olib borilgan. Uning sog‘lig‘i nazorat ostida ekani ma’lum qilingan.
Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, yigit ruhiy tushkunlikka tushgani sababli o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan.
Politsiya hodisa yuzasidan tekshiruv boshlagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘istonning Pavlodar shahrida talaba qiz yotoqxonada dunyoga keltirgan farzandini o‘ldirgandi.
Live
Barchasi