Talaba yigit pod’ezdda 16 yashar qizga tashlandi (video)
3-sahifa
−
20 iyul 2023
21922Toshkentdagi tumanlardan birida 22 yoshli yigit 16 yashar qizga hujum qilib, unga shilqimlik qildi. Bu haqda “Sukut saqlama” (“Ne molchi”) loyihasi xabar berdi.
Keltirilishicha, voqea joriy yilning iyun oyida Toshkent shahrining tumanlaridan birida sodir bo‘lgan. 16 yoshli qiz uyiga qaytayotganida, uning ketidan ma’lum muddat poylab kelayotgan odamni ko‘rmagan. Uyiga kirish yo‘lagida yigit qizga orqadan hujum qilib, og‘zini qo‘li bilan berkitmoqchi bo‘lgan. Unga teginishni boshlagan va o‘pmoqchi bo‘lib, yiqitgan. Qiz yordamga chaqira boshlaganda zo‘ravon qochib ketgan. Qo‘rqib ketgan qizga qo‘shnilar yordam bergan, hovlidagi erkaklardan biri jinoyatchini quvib yeta olmagan.
Qizning onasi zudlik bilan ichki ishlar organlariga murojaat qilgan va voqeani to‘liq tasvirga olgan birinchi qavatdagi videokuzatuv kamerasidagi yozuvlarni taqdim qilgan. Onaning so‘zlariga ko‘ra, zo‘ravon tez topilgan. U Toshkent kimyo-texnologiya institutining 2-bosqich talabasi, 2001 yilda tug‘ilgan X.A. bo‘lib chiqqan.
Qiz onasining aytishicha, tergov davomida yigit bunday jinoyatga birinchi marta qo‘l urmayotgani ma’lum bo‘lgan. Joriy yilning mart oyida u xuddi shu hududda bir ayolga hujum qilgan. O‘shanda ham jabrlanuvchi ayol huquq-tartibot idoralariga murojaat qilgan, biroq hujum qilgan shaxs topilmagan. Huquq himoya qilish organlari xodimlarining o‘zi esa bunga jiddiy qaramay, ishni yopgan.
“Qizning oilasi advokat yollagan, biroq ularga jinoiy ish qo‘zg‘atish rad etilgan. Yigitning harakatlarida tergov hech qanday zo‘rlash maqsadini ko‘rmay faqat bezorilik maqsadini aniqlagan. Onaning so‘zlariga ko‘ra, Ichki ishlar boshqarmasi va tuman prokuraturasi uch marta zo‘ravonga jarima solishga uringan. Faqat oxirgi sudda ishni shahar prokuroriga nazorat qilish uchun topshirish haqida qaror qabul qilingan. Prokuror bu shaxsning xatti-harakatlarida jamoat xavfini hisobga olgan va uni qonun doirasida to‘liq jazolash uchun hamma narsani qiladi, deb umid qilib qolamiz”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi