“Taksi” filmi kaskadyori koronavirusdan vafot etdi

Madaniyat-san’at

image

Fransiyalik kaskadyor Remi Jyulen joriy yilning 21 yanvar kuni 90 yoshida koronavirus asoratlari tufayli vafot etdi. Bu haqda BFM'ga asoslanib xabar berilgan. 

Manbaga ko‘ra, kaskadyor o‘limidan bir necha kun oldin shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

Motokross bo‘yicha Fransiya chempioni Remi Jyulen "Taksi" va Jeyms Bondning bir nechta filmlarida, shuningdek, "Fantomas", "Italyancha o‘g‘rilik" filmlarida kaskadyor bo‘lgan. 

U Alen Delon, Lui de Fyunes, Jan-Pol Belmondo kabi aktyorlar bilan ishlagan. 

Remi Jyulen 2010 yilgacha kinoda faoliyat olib borgan.


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus kaskadyor

Baholaganlar

361

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing