“Taxtaqoracha” dovonida Cobalt’ni tosh bosib qoldi
3-sahifa
−
06 noyabr
16060Bugun, 6 noyabr kuni Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidan o‘tuvchi “Taxtaqoracha” dovonida Cobalt rusumli avtomobil ustiga tosh yumalab ketdi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.
“Bugun, 6 noyabr kuni Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanidan o‘tgan Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarini bog‘lovchi M-39 avtomobil yo‘lining 1138-kilometrida sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa sababli “Taxtaqoracha” dovonida transportlar harakati vaqtincha to‘xtatildi. Dovonning qayta ochilishi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi”, deyiladi xabarda.
Ijtimoiy tarmoqlarda esa Cobalt ichida fuqarolar bo‘lgani haqida xabarlar tarqalmoqda. Biroq hozircha hodisa oqibatida halok bo‘lganlar borligi rasman tasdiqlanmadi.
YHXX xabarida “Taxtaqoracha” dovoni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopilgani aytilgan.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 5 noyabr kuni “Qamchiq” dovonida yana bir yuk avtomobili yonib ketgandi. Shundan so‘ng ushbu yo‘nalishda harakat vaqtinchalik to‘xtatilgan.
Muhammad Hodiyev
LiveBarchasi