“Taxtaqoracha” dovoni vaqtincha yopildi

Jamiyat

image

Bugun, 13 dekabr kuni soat 14:00 dan Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanidan o‘tgan M-39 avtomobil yo‘lining “Taxtaqoracha” dovoni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi. Bu haqda FVV Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, M-39 avtomobil yo‘lining dovon qismida tinimsiz yoqqan qor oqibatida yo‘lning yuza qismida muzlamalar hosil bo‘lgani sababli harakat cheklangan.

“Ayni daqiqalarda FVV rahbarligida tegishli tashkilotlarning mutaxassislari tomonidan vaziyat oqibatlarini bartaraf etish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Hozirda “Taxtaqoracha" dovonini qayta ochilishi kutilmoqda. Bu haqda FVV Matbuot xizmati qo‘shimcha ma’lumot taqdim etadi”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

328

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing