Takaichi Rossiya bilan tinchlik shartnomasi tuzmoqchi

Olam

image

Yaponiya Bosh vaziri etib qayta saylangan Sanae Takaiti Rossiya bilan tinchlik shartnomasi tuzishni istashini ma’lum qildi. Bu haqda u “Yomiuri Shimbun” gazetasiga bergan intervyusida so‘z ochdi.

Takaiti Yaponiya va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlar murakkab bo‘lishiga qaramasdan, hududiy masalalarni hal etish va tinchlik shartnomasi tuzish bo‘yicha rasmiy Tokio siyosatini o‘zgartirmaganini bildirgan. 

“Yaponiya va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlar qiyin bo‘lishiga qaramay, hududiy masalalarni hal etish va tinchlik shartnomasi tuzish bo‘yicha Yaponiya hukumati siyosati o‘zgarishsiz qolmoqda”, degan u.

Qayd etish joiz, Takaiti avval ham Yaponiya hukumati hududiy masala va tinchlik shartnomasi bo‘yicha Rossiya bilan o‘zaro tushunishga erishish uchun qat’iy harakat qilishini aytgan.

Uning aytishicha, Ikkinchi jahon urushi yakunlanganiga 80 yildan oshganiga qaramasdan, Yaponiya hanuz Rossiya bilan tinchlik shartnomasi tuzmagan va ikki davlat o‘rtasidagi hududiy masala hal etilmagan.

“Bu haqiqatan ham afsusli holat va alamli. Hukumat bu masalaga jiddiy qaraydi”, deydi u.

Eslatib o‘tamiz, 2025 yil oktyabr oyida Sanae Takaiti Yaponiya Bosh vaziri lavozimini egallagan va bu lavozimga tayinlangan ilk ayol bo‘lgandi. Joriy yil yanvar oyida u parlamentning quyi palatasini muddatidan avval tarqatdi. 18 fevral kuni Yaponiya parlamenti hukmron koalitsiyaning muddatidan oldingi parlament saylovlaridagi ishonchli g‘alabasidan so‘ng Sanae Takaitini Bosh vazir lavozimiga rasman qayta sayladi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya tinchlik shartnomasi Sanae Takaiti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing