Tailandga borgan o‘zbekistonliklar koronavirus antireytingida yetakchi bo‘ldi

Olam

image

Tailand 2022 yilning 1 yanvaridan 23 yanvarigacha koronavirus bilan kasallangan xorijlik sayyohlar haqida ma’lum qildi. Ushbu antireytingda O‘zbekiston yetakchilik qilmoqda. Tashrif buyuruvchilar umumiy soniga ko‘ra, 11,6 foiz o‘zbekistonliklarda kasallik aniqlangan.  

Eng kam kasal bo‘lganlar Buyuk Britaniyadan kelgan sayyohlar bo‘ldi — tashrif buyuruvchilar umumiy sonining 1,18 foizi. 

Turoperatorlarning fikriga ko‘ra, test ijobiy bo‘lgan taqdirda, uni qayta tekshirish kerak, bu esa qo‘shimcha xarajatlar bilan bog‘liq. Pxuketdagi bitta PZR testning narxi 2000 - 4300 bat (60 dollardan 127 dollargacha). Samuida narxlar biroz pastroq — 2200 - 2990 bat (66 dollardan 88 dollargacha). 

Agar ikkinchi natija ijobiy bo‘lsa, sayyohlar karantinga olinadi.


Maqola muallifi

Teglar

Tailand koronavirus

Baholaganlar

218

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing