Tailandda samolyot suvga qulab tushdi. Qurbonlar bor

Olam

image

Bugun, 25 aprel kuni Tailandda samolyot suvga qulab tushdi va samolyot bortida bo‘lgan 5 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda mahalliy “Khaosod” nashri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, samolyot mahalliy vaqt bilan taxminan 08:15 da mamlakatning g‘arbiy qirg‘oqlari yaqinida suvga qulagan.

Aviahalokat Pxetburi provinsiyasidagi Cha-Am shahrida sodir bo‘lgan. Samolyot mahalliy plyajdan 100 metr uzoqlikda dengizga qulagan. 

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, qutqaruvchilar hozircha samolyotdan beshta jasadni olib chiqishga muvaffaq bo‘lgan. Oltinchi kishi esa o‘ta og‘ir ahvolda shifokorlarga topshirilgan.

Bildirilishicha, suvga tushib ketgan samolyotning rusmi – Dhc6 — 400 Twin Otter bo‘lgan. Politsiya undan yuklarni va xodimlarni operatsion maqsadlarda tashish uchun foydalangan. Samolyot bortida mashqlarga tayyorgarlik ko‘rish uchun parashyut bilan sakrashga tayyorgarlik ko‘rayotgan politsiyachilar bo‘lgan.

Politsiya vakili general-leytenant Archayon Kraytongning so‘zlariga ko‘ra, avariya sababi hozircha noma’lum qolmoqda. Huquqni muhofaza qilish organlari tergovni boshlab yuborgan.

Ma’lumot uchun, Cha-Am shahri mamlakatning janubi-sharqida, Siam ko‘rfazi sohilida joylashgan. Mamlakat poytaxti Bangkokgacha bo‘lgan masofa 150 km ni tashkil qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSHning Orlando shahridagi aeroportda bortida 300 ga yaqin yo‘lovchisi bor samolyotda yong‘in chiqqan edi.  Bortda 282 nafar yo‘lovchi va 12 nafar ekipaj a’zosi – jami 294 kishi bo‘lgan. Aniqlanishicha, samolyot dvigatellaridan biri yonib ketgan va shundan so‘ng barcha yo‘lovchilar shoshilinch tarzda evakuatsiya qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

samolyot Tailand

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing