Tailandda 17 kishi otib o‘ldirildi, 16 kishi esa garovda
Olam
−
08 fevral 2020
8678Bugun, 8 fevral kuni Tailandning Nakxon Ratchasima shahri ko‘chalari odamlar jasadiga to‘lib toshdi. Mamlakat quruqlik qo‘shini askari 17 kishini otib o‘ldirdi. Jarohatlanganlar ham ko‘pchilikni tashkil etmoqda.
Mahalliy OAVning yozishicha, askar o‘zi xizmat qilayotgan harbiy qismdan HamVee yo‘l tanlasamini o‘g‘irlagan. So‘ngra shahar ko‘chalariga kirib borgan va duch kelgan odamga qarata o‘q uzgan. Savdo markazlaridan birining oldida to‘xtagan va u yerdagilarni ham o‘qqa tutgan. Shundan so‘ng yashiringan
Tailandning TNA axborot agentligining ma’lum qilishicha, hozirda Terminal 21 savdo markazining to‘rtinchi qavatida yashirinib olgan. 16 nafar kishini garvoga olgan. Bino politsiya tomonidan qurshab olingan, tumandagi barcha harakatlar to‘xtatilgan.
Khaosod nashrining guvohlik berishicha, otishma uyushtirgan harbiy Chakrapxan Txomma deb nomli serjant. Tailand Bosh vaziri general Prayut Chan-Ocha politsiya va harbiylarga uni ushlab turishni buyurgan.
LiveBarchasi