Tadqiqot: Fransiyaning Rossiyaga qarshi urushi qanday yakunlanishi aytildi

Olam

image

Fransiya Rossiyaga qarshi urushgudek bo‘lsa, uzoq vaqt dosh berolmaydi. Bu haqda “Forbes” Amerikaning RAND tahliliy markazi hisobotiga tayanib, xabar bergan.

Tadqiqot mualliflariga ko‘ra, Fransiyada eng zamonaviy harbiy texnikaga ega kuchli armiya mavjud. Ular eng yangi samolyotlar, yaxshi o‘qitilgan maxsus kuchlar va yadroviy qurollarga ega.

Biroq, Fransiya Qurolli Kuchlari ishonchli emas, chunki ular Rossiya bilan uzoq muddatli harbiy harakatlarni amalga oshirish uchun insoniy resurs va o‘q-dorilar zaxirasiga ega emas.

Hisobotda ta’kidlanishicha, Rossiya kuchli va mohir raqibdir. Fransiya Moskva bilan mojaro yuz bersa, AQSHning ko‘magisiz muvaffaqiyatsizlikka uchraydi.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya

Baholaganlar

2289

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing