Tadbirkorni so‘kkan Yangi Namangan hokimiga “hayfsan” berildi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Yangi Namangan tumani hokimi Jobir Abdullayev tadbirkorni so‘kkani aks etgan audioyozuv tarqaldi. Mazkur holatga Namangan viloyati hokimligi munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqov boshchiligida  Vazirlar Mahkamasining “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qarori ijrosi bo‘yicha kengaytirilgan muhokama yig‘ilishi o‘tkazilgan.

Mazkur yig‘ilishda Yangi Namangan tumani hokimi Jobir Abdullayevga nisbatan “hayfsan” intizomiy jazosi qo‘llanilgan.

Shiningdek, u barcha turdagi rag‘batlantirishlardan mahrum qilingan.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tomonidan Angren shahar hokimi Alisher Raimovga nisbatan “hayfsan” intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan edi. Bunga uni davlat xizmatchisining kasb etikasini buzgani, mansab vakolatlarini suiste’mol qilib, noqonuniy xatti-harakatlarni sodir etgani sabab bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

389

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing