Tadbirkorlikni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun yig‘im 80 foizga kamaytirildi

Jamiyat

image

Tadbirkorlikni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun yig‘im 80 foizga kamaytirildi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining 774-son qarorida belgilangan.

Qarorga ko‘ra, tadbirkorlikni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi miqdorida yig‘im undiriladi. Ilgari BHMning 1 baravari miqdorida undirilgan.

Shuningdek, advokatlik litsenziyasini olishga oid arizalar adliya organlari tomonidan 10 ish kunida ko‘rib chiqiladi (ilgari 20 ish kuni edi).

Vasiylik va homiylik qilishga to‘sqinlik qiluvchi jinoyatlarning aniq ro‘yxati belgilandi (ilgari qasddan sodir etgan jinoyati uchun hukm qilinganlarning barchasiga cheklov mavjud edi).
 
Endilikda tadbirkorlikni qayta ro‘yxatdan o‘tkazish rad etilganidan 5 ish kunida qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun murojaat qilinsa davlat boji to‘lanmaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

111

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing