Tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash loyiha ofislari tashkil etiladi
Jamiyat
−
15 mart
2864O‘zbekistonda tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash loyiha ofislari tashkil etiladi. Bu haqda kecha, 14 mart kuni "Tashqi savdo va hududiy sanoatni rivojlantirishda tadbirkorlar birlashmalarining rolini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, 2024 yil 1 iyuldan boshlab Savdoni rivojlantirish kompaniyasi tomonidan qo‘llab-quvvatlash choralari tadbirkorlik sub’ektlarining barqarorlik reytingi asosida taqdim etiladi.
Eksportni qo‘llab-quvvatlash maqsadida davlat tomonidan taqdim etilayotgan subsidiya va preferensiyalar Tariflar va savdo bo‘yicha bosh bitimga (GATT) hamda Subsidiyalar va kompensatsiya choralari to‘g‘risidagi bitimga (ASCM) muvofiqlashtiriladi.
Savdo-sanoat palatasi Eksportni rag‘batlantirish agentligi huzuridagi to‘qimachilik sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining boshqaruvini vaqtinchalik amalga oshiradi.
Savdo-sanoat palatasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida Tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash loyiha ofislari tashkil etiladi.
LiveBarchasi