Tadbirkorlarga valyutafurushlik bilan shug‘ullanishga ruxsat beriladi
Jamiyat
−
17 dekabr 2021
9863O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqobat muhitiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan to‘siqlarni bartaraf etish va tadbirkorlik faoliyati yo‘nalishlarini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokama uchun e’lon qilindi.
Qaror bilan xususiy sektorga o‘tkaziladigan, shu jumladan, davlat xususiy-sheriklik asosida beriladigan faoliyat turlari ro‘yxati tasdiqlanadi.
Xususiy sektorga o‘tkaziladigan faoliyatlar orasida valyuta ayirboshlash va moliyaviy xizmatlar ham bor. Bunda:
- Xorijiy davlatlar tajribasidan kelib chiqib, norasmiy valyuta operatsiyalari vujudga kelishini oldini olish, shuningdek, xizmatlarni uzluksiz ravishda (24/7 rejimda) ko‘rsatish imkonini yaratish maqsadida xususiy tadbirkorlarga valyuta ayirboshlash xizmatlarini ko‘rsatishga ruxsat berish;
- Moliyaviy xizmatlar ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik sub’ektlariga kredit uyushmasi xizmatlar bozoriga kirish imkoniyatlarini yaratish ko‘zda tutilgan.
Loyiha iqtisodiyotning monopollashuvi yuqori bo‘lgan ayrim sohalarda raqobat muhitini rivojlantirish, xususiy sektorga beriladigan, shu jumladan, davlat xususiy-sheriklik asosida jalb qilinadigan faoliyat turlari uchun teng raqobat shartlarini, shuningdek tovar va moliya bozorlarning samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun keng imkoniyatlarni yaratish maqsadida ishlab chiqilgan.
Mazkur qaror bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining hujjatlari bilan ayrim tadbirkorlik sub’ektlariga berilgan imtiyozlar, afzalliklar va mutlaq huquqlar bekor qilinadi.
LiveBarchasi