Tadbirkorlardan 8 turdagi hisobotlarni talab qilish bekor qilindi
Jamiyat
−
12 yanvar
7167O‘zbekistonda tadbirkorlardan 8 turdagi hisobotlarni talab qilish bekor qilindi. Bu haqda 9 yanvar kuni “Tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan davlat organlariga hisobot va statistik ma’lumotlarni taqdim etish jarayonlarini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, 2024 yildan tadbirkorlardan talab qilinadigan, o‘zaro bir-birini takrorlovchi va davlat organlarining boshqa organlaridan olish imkoniyati mavjud bo‘lgan 8 turdagi hisobot va statistik ma’lumotlari bekor qilinadi.
Shuningdek, tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan davlat organlariga taqdim etiladigan hisobot va statistik ma’lumotlarning yagona ro‘yxati tasdiqlandi.
Qarorga ko‘ra, hisobotlar faqat axborot tizimlari orqali taqdim etiladi.
2026 yil 1 yanvargacha “tadbirkorlik sub’ektining shaxsiy kabineti” orqali hisobotlarni shakllantirish va davlat organlariga taqdim etishni nazarda tutuvchi yagona hisobotlar tizimi joriy qilinadi.
Hisobotlarni topshirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
- 2026 yil 1 yanvardan barcha tadbirkorlar uchun – ixtiyoriy;
- 2027 yil 1 yanvardan kichik va o‘rta tadbirkorlik sub’ektlari uchun – majburiy;
- 2028 yil 1 yanvardan barcha tadbirkorlar uchun – majburiy.
LiveBarchasi