Tadbirkorlarga sayyor buyum bozorlar tashkil qilishga ruxsat berildi

Jamiyat

image

Toshkent shahrida aholining mavsumiy buyumlarga talabini qondirish uchun tadbirkorlarga sayyor bozorlar tashkil etishga ruxsat berildi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabarida qayd etilgan.

“Karantin sabab barcha buyum bozorlari faoliyati to‘xtaganligi bois aholining kiyim-kechak, maishiy texnika va shu singari qator boshqa tovarlarga bo‘lgan ehtiyoji internet do‘konlari orqali qisman qanoatlantirilayotgan edi.

Kunlar tobora isib borayapti. Bu pallada odatda tomorqada ishlar avj oladi. Va ekin ishlarini olib borish uchun urug‘lik va ko‘chatlardan tashqari xo‘jalik mollari ham kerak bo‘ladi. 

Bundan tashqari odatda bahorning o‘rtalarida ko‘pchilikda yangi mavsum uchun liboslar, ust-boshga ehtiyoj bo‘lishi tabiiy”, deyiladi hokimlik xabarida.

Karantin davrida barcha buyum bozorlari ishlamayotganligi sababli, aholining mazkur yo‘nalishdagi talab va ehtiyojidan kelib chiqib, tadbirkorlarga maxsus tijorat avtomashinalaridan foydalanish sharti bilan mavsumiy tovarlarning sayyor bozorini tashkil etishga ruxsat berildi. 

Shunday sayyor savdo nuqtalarini tashkil etishni istagan tadbirkorlardan ushbu faoliyat uchun sanitariya-gigiyena talablarini ta’minlaganlari holda maxsus tijorat mashinalarini tashkil etishlari va savdo jarayonida ham bu turdagi faoliyat uchun maxsus ishchi guruhlar tomonidan ishlab chiqilgan tavsiyalarga amal qilishlari talab etiladi. 

Mazkur tijorat mashinalaridagi savdo qachon, qaysi manzillarda ishlashi bo‘yicha tuman hokimliklari aholini muntazam xabardor etib boradi.


Maqola muallifi

Teglar

karantin sayyor bozor

Baholaganlar

446

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing