Tadbirkorlar Mirziyoyevdan “maska-shou”lar qaytarilmasligi uchun kafolat so‘rashgan

Jamiyat

image

Andijonda tadbirkorlar O‘zLiDePdan O‘zbekiston Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvda “maska-shou”lar qaytarilmasligini kafolatlab berishni so‘ragan. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev viloyatda saylovchilar bilan uchrashuvda aytib o‘tdi, deya xabar qildi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherboyev.

“Tadbirkorlar hatto Konstitutsiyamizni o‘zgartirishni so‘rashyapti. Ular o‘z huquqlari ta’minlanishini, oldingi “maska-shou”lar qaytarilmasligi Konstitutsiya bilan kafolatlanishini istashyapti”, degan Shavkat Mirziyoyev.

Deputatning so‘zlariga ko‘ra, kuchli qonun himoyasi bo‘lmagan joyga investitsiya kiritish, rivojlanishga erishish masalasi gumon ostida qoladi. Shu bois, qonun ustuvorligi va qonun oldida barchaning tengligi prinsipi amalda to‘liq kafolatlanishi shart.

Ma’lumot uchun, Andijonda Shavkat Mirziyoyevning saylovchilar bilan uchrashuvi Andijon viloyat Nuroniylar jamg‘armasi raisi, nomzodning  ishonchi vakili – O‘ktamjon Oxunov moderatorlik qilmoqda. Uchrashuv Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida bo‘lib o‘tmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

454

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing