Tadbirkor “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi
Jamiyat
−
17 dekabr 6034 1 daqiqa
Tadbirkor Anvar Ahmadovich Alimjonov “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni qabul qilindi.
Anvar Alimjonov Toshkent shahridagi “Yunusabad Galleria” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari bo‘lib, “Do‘stlik” ordeni unga mamlakatda tadbirkorlik sohasini rivojlantirish uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlardan unumli foydalanib, ish faoliyatida ko‘plab muhim loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirib kelayotgani, o‘zining izlanuvchanligi, ishbilarmonlik va tashabbuskorlik fazilatlarini namoyon etib, O‘zbekistonda savdo va xizmat ko‘rsatish sohalarini ilg‘or xorijiy tajriba va xalqaro andozalar asosida ravnaq toptirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholi farovonligini yuksaltirishga munosib hissa qo‘shayotgani hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun berilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xalqaro futbol assotsiatsiyalari federatsiyasi (FIFA) rahbari Janni Infantinoni qabul qilib, unga Do‘stlik” ordenini topshirgandi.
Live
Barchasi