Tabiiy ofatlar Antaliyada. Turistik hudud o‘rmonlari yonmoqda (video)

Olam

image

Turkiyaning Antaliya provinsiyasida katta o‘rmon yong‘ini sodir bo‘ldi. Tabiiy ofat tufayli beshta aholi yashash punktlari evakuatsiya qilindi. Bu haqda “Interfaks” nashri xabar bermoqda

Qayd etilishicha, bugun, 28 iyul kuni Antaliya provinsiyasi  Manavgat tumanida keng ko‘lamli o‘rmon yong‘ini sodir bo‘lgan. Yong‘in oqibatida o‘nlab gektar o‘rmonlar yonib ketgan va beshta turar-joy aholisini evakuatsiya qilishga to‘g‘ri kelgan. 

Xabarga ko‘ra, yong‘in sabablari hozircha noma’lum. Yong‘inni o‘chirish uchun boshqa provinsiyalardan samolyot, 19 ta vertolyot, 103 ta o‘t o‘t o‘chirish mashinasi va 412 nafar mutaxassis jo‘natilgan. Biroq mahalliy hokimiyat ma’lumotlariga ko‘ra, hozircha yong‘inni o‘chirishning imkoni yo‘q.

 Manavgat tumani merining ta’kidlashicha, yong‘in ko‘plab turar-joy va biznes binolarini vayron qilib, ushbu tumanning markazini egallab olgan. Shu sababli mahalliy aholini evakuatsiya qilishga to‘g‘ri kelgan. 

Biroq mer yong‘in qirg‘oqdan uzoqlashib boryotganini ta’kidlamoqda. Shuning uchun ham Antaliyaning sayyohlik hududlaridagi dam oluvchilar qo‘rquvga tushmagan.

Avvalroq, Turkiya shimoli-sharqida Riza va Artvin provinsiyalarida toshqin boshlangani haqida xabar bergandik.

Kuchli yomg‘ir yog‘ishi oqibatida Artvin provinsiyasining Arxavi tumanida suv toshqinlari sodir bo‘ldi. Arxavi daryosi toshib, tuman markazi va qishloq yo‘llari suv ostida qoldi. Riza viloyatining Findikli tumanida ham shunday holat yuz berdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

94

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing