Ta’magirlik qilgan ikkita muhandis qamoqqa olindi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Toshkent viloyatida ta’magirlik bilan shug‘ullangan ikkita muhandis qamoqqa olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi

Ma’lum qilinishicha, Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining hududiy boshqarmasi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

“Hududgaz Toshkent” gaz ta’minoti filialining “O‘rtachirchiqtumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi yetakchi muhandisi M.O. mahalliy MCHJga qarashli avtomobillarga gaz quyish shoxobchasida belgilangan me’yordan ortiq kompressor jihozlari o‘rnatilgani uchun jarima rasmiylashtirmaslik evaziga 8 ming AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Tezkor surishtiruv harakatlari davomida u mazkur pul mablag‘ini “Hududgaz Toshkent” gaz ta’minoti filialining yetakchi muhandisi B.M. ko‘rsatmasiga asosan olganligi aniqlanib, ushbu shaxs ham ushlandi.

Hozirda holat yuzasidan mazkur mansabdor shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent viloyati Ta'magirlik muhandis

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing