Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tashkil etiladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzurida Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tashkil etiladi. Bu haqda kecha, 5 may kuni qabul qilingan “Ta’lim sifatini ta’minlash va ta’lim xizmatlari ko‘rsatish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident farmonida so‘z boradi.

Farmonga ko‘ra, agentlik o‘rta maxsus, kasbiy, oliy va oliy ta’limdan keyingi ta’lim, shuningdek, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tashkilotlarini (ta’lim tashkilotlari) kompleks va maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazadi. 

Bunda:

  • kompleks davlat akkreditatsiyasi har 5 yilda ta’lim tashkilotlarini tashqi baholash natijalari asosida o‘tkaziladi;
  • maxsus davlat akkreditatsiyasi kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yilayotgan ta’lim dasturlari bo‘yicha o‘quv jarayoni boshlanishidan oldin o‘tkaziladi.

2025 yil 1 iyuldan yangi tashkil etiladigan ta’lim tashkilotlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish 2 bosqichda amalga oshiriladi:

  • 1-bosqichda faoliyatni boshlash uchun o‘rta maxsus, kasbiy, oliy va oliy ta’limdan keyingi ta’lim tashkilotlari o‘rnatilgan tartibda litsenziyalanadi, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ta’lim tashkilotlari xabardor qilish tartibida tashkil etiladi;
  • 2-bosqichda ta’lim tashkilotlarining kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladigan ta’lim dasturlari maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tkaziladi.

Bunda:

  • maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tmagan ta’lim dasturlari bo‘yicha ta’lim oluvchilarni o‘qishga qabul qilishga yo‘l qo‘yilmaydi;
  • maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tmasdan qabul jarayonini amalga oshirish litsenziya talab va shartlarini qo‘pol ravishda buzish deb baholanadi va ta’lim tashkilotiga berilgan litsenziyaning bekor qilinishiga asos bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq mazkur farmon bilan O‘zbekistonda 2025/2026 o‘quv yilidan boshlab sirtqi ta’limga barcha yo‘nalishlar uchun qabul butunlay yopilishi xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Ta'lim sifatini ta'minlash milliy agentligi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar