TAHYning bir qismi dekabr o‘rtasigacha qisman yopildi

Jamiyat

image

Toshkent shahri Yashnobod tumani Toshkent avtomobil halqa yo‘lining bir qismi transport harakati uchun vaqtincha yopiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Toshkent avtomobil halqa yo‘lining “Rohat” doirasidan Tolariq ko‘chasi bilan kesishgan qismi (yo‘lning bir tomoni) transport harakati uchun vaqtincha, 6 dekabrdan 15 dekabrga qadar cheklanadi (“Rohat” doirasi yo‘nalishidan “Yangiobod” bozorigacha).

Qayd etilishicha, yo‘lning qarama-qarshi tomonida ikki tomonlama harakatlanish tashkil etiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent ko'cha

Baholaganlar

43

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing