Svetlana Osipova Olimpiadada kumush medal sovrindori bo‘ldi
Sport
−
11 avgust 2024 4250 1 daqiqa
2024 yilgi Parij yozgi Olimpiada o‘yinlari tugashiga oz fursatlar qoldi. Fransiyada o‘tayotgan ushbu sport musobaqalarining taekvondo bahslarida o‘zbekistonlik Svetlana Osipova (+67 kg) final bellashuvida fransiyalik Alteya Lorenga qarshi dayanga chiqdi. Biroq u raqibasini mag‘lub eta olmadi. Shu tariqa Osipova Parij Olimpiadasining kumush medalini qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, Osipova O‘zbekiston tarixida taekvondo bo‘yicha Olimpiada medalini olgan ilk ayol sportchiga aylandi.
Osipovaning final uchrashuvidan so‘ng O‘zbekiston delegatsiyasining turnirda jamg‘argan medallari soni 12 taga yetdi. 7 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza.
Kechagi bahslarda ushbu sportning -68 kg vazn toifasi finalida o‘zbekistonlik Ulug‘bek Rashidov iordaniyalik Zayid Karimga qarshi dayanga chiqib, raqibini mag‘lubiyatga uchratdi. Bu bilan Rashidov ketma-ket ikki karra Olimpiada chempioniga aylandi.
Live
Barchasi