Svetlana Murodxo‘jayeva 81 yoshida vafot etdi

Madaniyat-san’at

image

O‘zbek kino san’ati og‘ir judolikka uchradi. Serqirra ijodkor, o‘zbek animatsiya hamda dublyaj san’atiga beqiyos hissa qo‘shgan aktrisa, rejissyor Svetlana Murodxo‘jayeva 81 yoshida olamdan o‘tdi.  

Svetlana Murodxo‘jayeva kinoda ijodini aktrisa sifatida boshlagan bo‘lsada, o‘z o‘rnini animatsiyada topdi. U 50 dan ortiq animatsion filmlarga hamda bolalar uchun suratga olingan kartinalarga ovoz bergan.  

Animator rejissyor sifatida “Botirning baxti”, “Toshbaqacha”, “Sehrli kiyik”, “Deyarli o‘ylab topilmagan voqea” kabi bir qancha animatsion filmlarni suratga olgan. 

Kinematografiya agentlining ma’lum qilishicha, Svetlana Murodxo‘jayeva ayni paytda keksalik gashtini surayotgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Svetlana Muroxo'jaeva og'ir judolik O'zbek kino

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made