SVB fonida AQSHdagi 200 ga yaqin bank bankrot bo‘lishi mumkin

Olam

image

Silikon Vodiysi Banki bankrotligi fonida AQSHda yana kamida 186 ta bank xuddi shunday xavfga duch kelishi mumkin. Bu haqda “The Wall Street Journal” xabar berdi.

Aytilishicha, AQSH bank tizimi aktivlarining bozor qiymati balans qiymatidan 2,2 trillion dollar past. Bank aktivlari o‘rtacha 10 foizga, eng jiddiy zarar ko‘rgan banklar esa 20 foizga kamaygan.

Agar sug‘urtalanmagan omonatchilarning yarmi o‘z pullarini qaytarib olishga qaror qilsa, bu 186 ta bank va 300 milliard dollarlik omonatlarni nazarda tutadi. Agar sug‘urtalanmagan depozitlarni olib qo‘yish bank aktivlarini sotish bilan birga amalga oshsa, yo‘qotishlar bundan ham ko‘proq bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Silikon Vodiysi Bankining bankrotligi 11 mart kuni e’lon qilingan edi. Ayni paytda AQSHda Bankning qulashi bo‘yicha tergov boshlangan.

Javohir Qadamov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing