Suvni tejashda faol bo‘lgan talabalar Amsterdamga boradi
Jamiyat
−
06 avgust 2019
2853Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti va Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti talabalar joriy yilning noyabr oyida Amsterdamga boradi.
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti huzuridagi innovatsiya va ilmiy tadqiqotlar klasterida “Suv masalalari bo‘yicha innovatsion laboratoriya” loyihasi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologik markazi va AQSH xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) hamkorligida “Suv, ta’lim va hamkorlik” (Smart Waters) loyihasi yo‘lga qo‘yilib, u Markaziy Osiyo davlatlari va Afg‘onistonda tatbiq etilmoqda.
“Suv masalalari bo‘yicha innovatsion laboratoriya” loyihasi ham uning doirasida bo‘lib, O‘zbekistonda birinchi bor joriy etilmoqda. Unda qatnashgan talabalar olti oy mobaynida o‘z g‘oyasi va tadqiqotlari ustida ishladi.
Loyiha natijalariga ko‘ra, o‘nta jamoaning biznes g‘oyasi va izlanishlari tanlab olingan.
Birinchi o‘ringa Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari jamoasi sazovor bo‘ldi. Ikkinchi Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti, uchinchi o‘rin Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti talabalari jamoasiga nasib qildi.
Birinchi va ikkinchi o‘rin g‘oliblari shu yil noyabr oyida Amsterdamda bo‘lib o‘tadigan tanlovda o‘z loyihalarini namoyish qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
LiveBarchasi