Suvni plastik idishda saqlash nimasi bilan xavfli? 

Salomatlik

image

Suvning plastik idishda saqlanishi xavflimi? Bunday saqlangan suv necha kundan so‘ng inson salomatligi uchun zararli bo‘ladi? Texnika fanlari nomzodi Yuriy Gonchar ko‘pchilikni qiziqtirgan shu kabi savollarga javob berdi.

“Ko‘p odamlar bo‘sh plastik idishlarni tashlamaslikka odatlangan va ularni suv uchun qayta ishlatiladigan idish sifatida ishlatishadi, masalan, ofisda. Biroq vaqt o‘tishi bilan bunday idishda saqlanadigan suvdagi organik birikmalar konsentratsiyasi oshib boradi”, deydi u. 

Goncharga ko‘ra, bu bo‘yicha tadqiqot olib borilmoqda. 

“Suvning plastmassa bilan aloqa qilishining har bir oyi plastikdan suvga chiqariladigan organik birikmalar konsentratsiyasining sezilarli darajada oshishiga olib keladi. 18 oy davomida bu ko‘rsatkich barcha maksimal ruxsat etilgan konsentratsiyalardan oshadi”, degan u. 

Mutaxassisga ko‘ra, shuning uchun plastik idishni qayta-qayta ishlatish juda zararli. 

“Katta miqdordagi organik birikmalar inson tanasiga kiradi, ularning ko‘pchiligi kanserogenlar va zaharli moddalardir”, deb ogohlantirgan Gonchar. 

Shuningdek, u do‘kondan ichimlik suvi tanlashda, suvning yaroqlilik muddatidan tashqari yorliqda “tabiiy” so‘zi bor-yo‘qligiga e’tibor qaratish kerakligini aytgan.


Maqola muallifi

Teglar

suv plastik idish

Baholaganlar

286

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing