Suvaysh kanalini to‘sib qo‘ygan kema sayozlikdan chiqarildi

Olam

image

Avvalroq, 23 mart kuni Suvaysh kanaliga ulkan kema tiqilib qolishi oqibatida tirbandlik yuzaga kelgani haqida xabar bergan edik. Ever Given konteyner kemasi suv yuzasiga ko‘tarildi, deb xabar bermoqda “Bloomberg” “Inchcape” yuk tashish kompaniyasiga tayanib. 

Agentlikning ma’lum qilishicha, qutqaruv operatsiyasidagi yutuqqa qutqaruv guruhlari 27 ming kubometr qumni qazib olganidan keyin erishilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 24 martga o‘tar kechasi Xitoydan Niderlandiyaga yo‘l olgan konteynerlarni tashuvchi eng yirik kemalardan biri Ever Given Suvaysh kanaliga tiqilib qoldi.  Shu munosabat bilan 450 dan ortiq kemalarning tirbandligi shakllandi.

Keyinchalik Ever Given konteyner kemasi 27 mart kuni joyidan siljitilishi mumkinligi aytilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

324

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing